Stend muloqot va ish vositasi sifatida
Stendni shunday rejalashtiringki, u ko‘rgazma tashrif buyuruvchilariga qisqa va lo‘nda marketing xabarini yetkazsin, shu bilan birga ish uchun qulay maydon bo‘lsin:
• stend o‘lchamini ishtirok maqsadlaridan kelib chiqib belgilang, chunki konsalting va uskunani amalda namoyish etish turli hajmdagi maydonni talab qiladi;
• stendda ish zonasi, muzokaralar zonasi (ofis) va dam olish zonasi (xo‘jalik qismi) ajratilgan bo‘lishi kerak;
• stendni to‘g‘ri bezating: aniq yozuvlar, to‘g‘ri joylashtirilgan eksponatlar, e’tiborni ushlab turuvchi vositalar (eye-stopperlar). Agar iste’molchi stendingiz yonidan o‘tib ketayotib 10 soniya ichida siz kim ekaningizni va unga nimani taklif qilayotganingizni tushunmasa, u shunchaki yoningizdan o‘tib кетadi;
• tarqatma materiallarni rejalashtirilgan aloqalar sonidan kelib chiqib, turli auditoriya turlarini hisobga olgan holda tayyorlang (barcha uchun, mutaxassislar uchun, VIP-mijozlar uchun).